Myunxenning “Bavariya” klubi Alfonso Devisning kelajagi borasida bir qarorga keldi.
AS nashrining xabariga ko’ra, “Bavariya” kanadalik futbolchini transferlar oynasining qolgan kunlarida sotib yubormoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, myunxenliklar Devisning bir yildan keyin yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytira olmaydi. Chunki futbolchi juda yuqori maosh talab qilmoqda. Rahbariyat esa uning talablarini qondirmoqchi emas.
Shuning uchun, “Bavariya” Alfonsoni keyingi yil tekinga yo’qotmaslik uchun joriy transfer oynasida sotib yubormoqchi. Hozirda unga Madridning “Real” klubi davogarlik qilmoqda.