Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Konor Gallaher tez orada “Atletiko Madrid” safiga kelib qo’shilishi mumkin.
Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, 24 yoshli yarim himoyachi tibbiy ko’rikdan o’tish uchun allaqachon Madrid shahriga yetib kelgan.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” Gallaherning transferi uchun “Chelsi”ga 40 million yevro tovon to’laydi.