Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo faoliyatini Yevropaning boshqa bir top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Fransiyaning PSJ klubi braziliyalik futbolchini o’z safiga qo’shib olmoqchi. Rodrigo parijliklarning kelasi yildagi asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Rodrigoning “Real” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning o’rtalariga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 110 million yevroga baholanmoqda.