Daniyalik hujumchi Martin Breytveyt o’zi 2022/2024-yillar oralig’ida o’ynagan “Espanyol” klubi aksiyalarining ma’lum bir qismini sotib olmoqchi.
Bunga sabab esa futbolchi bu klubda o’ynaganda unga nisbatan xurmatsizlik qilgan xodimlarni ishdan bo’shatish ekan. Bu huquqga ega bo’lishi uchun eng kamida klub aksiyalarining 40 foizini sotib olishi kerak.
Futbolchi bir qancha intervyularda uning asosiy daromadi ko’chmas mulk oldi-sotdisidan ekanligini, futbol u uchun shunchaki hobbi ekanligini aytgan. U futbolchilar orasida eng katta biznesga ega bo’lgan o’yinchi hisoblanadi. Uning kampaniyasi yiliga 287 million yevro ishlab topadi.
Ma‘lumot uchun 2022/2024-yillar oralig‘ida Martin “Espanyol” tarkibida 70 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan. Futbolchi hozirda erkin agent sifatida “Gremio” klubiga borib qo‘shilgan, ammo hali bu jamoa tarkibida debyutini o’tkazgani yo‘q.