Bugun Parij Olimpiadasining 13-kungi bellashuvlari davom ettiriladi.
Kun davomida quyidagi sportchilarimiz bahslarga kirishadi.
13:00 – Taxmina Ikromova, badiiy gimnastika (saralash, yakkalik)
13:30 – Nilufar Zokirova, kanoeda eshkak eshish (saralash, 200 metr)
13:35 – Ulug‘bek Rashitov, taekvondo
14:30 – Javrail Shapiyev, erkin kurash
14:45 – Gʻulomjon Abdullayev, erkin kurash
17:30 – Alise Faxrutdinova, zamonaviy beshkurash
00:30 – Abdumalik Xalokov – Charli Senor, boks (yarim final)
1:35 – Hasanboy Do‘smatov – Bilal Bennama, boks (final)
