Shvetsiyalik sobiq hujumchi Zlatan Ibrahimovich “murabbiylik faoliyatini boshlaysizmi?” degan savolga quyidagicha javob berdi.
“Yo’q, xohlamayman. Murabbiy bo’lib bir hafta ishagandan so’ng, sochlar oqarib ketadi. Murabbiy kuniga 12 soat ishlaydi. Uning hech qachon bo’sh vaqti bo’lmaydi”, – deya Ibrahimovichning so’zlarini keltiradi The Athletic nashri.
Ma’lumot uchun, Zlatan faoliyati davomida “Inter”, PSJ, “Manchester Yunayted” va “Milan” kabi klublarda o’ynagan. Faoliyatini “rossonerilar” tarkibida yakunlagan.