P4P reytingining sobiq yetakchisi, meksikalik Saul Alvares Isroil Madrimov va Terens Krouford o’rtasidagi jang haqida o’z fikrlarini bildirdi.
“Menimcha, Krouford nima uchun vazn toifalari borligini tushunadi, to’g’rimi? Terens yaxshi jang qildi, lekin menimcha, u yutqazdi. Yoki durang natija qayd etilishi mumkin edi. Madrimov g’alaba qozonishi ham mumkin edi”, – deydi Saul Alvares.
Eslatib o’tamiz, Madrimov va Krouford o’rtasidagi jang to’liq 12 raund davom etdi va ochkolar hisobiga Terens g’alaba qozondi.