Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi Ansu Fatini ijaraga olmoqchi.
Diario Sport xabariga ko’ra, yarim himoyachining joriy mavsumdan beri turk klubini boshqarib kelayotgan Joze Mourino bilan aloqalari yaxshi.
“Fenerbaxche” vakillari allaqachon futbolchining agenti bilan bog’lanib, ijaraga olish imkoniyatlarini o’rganib chiqmoqda. Kataloniyaliklar ham Fatini ijaraga berishga tayyorligini bildirgan.
Vinger hozirda jarohatidan forig’ bo’lib, sentyabr oyidan maydonga qaytishi kutilmoqda. Unga shuningdek, “Sevilya”, “Vulverxempton” va “Marsel” klublari ham qiziqish bildirmoqda.