Saudiyaning “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 7-turidan o’rin olgan “Al-Vasl”ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Krishtianu “Al-Nasr”dagi faoliyati davomida jami 89 ta o’yin o’tkazib, 81 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o’tamiz, ushbu dubli orqali Ronaldu butun faoliyati davomida urgan gollari sonini 923 taga yetkazib oldi.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik yulduzning riyodliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.