Bugun Angliya Premyer-ligasining 32-turi doirasida “Manchester Siti” o’z maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qiladi.
Uchrashuvdan oldin statistikalarga ixtisoslashgan bir qancha nashrlar jamoalarning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi.
Xususan, SofaScore nashri Abduqodir Husanov bugungi o’yinni boshlang’ich tarkibda boshlashini taxmin qilmoqda.

Shuningdek, FotMob nashri ham bugungi o’yin uchun tomonlarning ehtimoliy tarkiblarini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” – “Kristal Pelas” bahsi bugun, 12-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da “Etihad” stadionida start oladi.