Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lamin Yamal “Ginnes rekordlar kitobi”ga kirdi.
17 yoshli forvard Yevropa chempionati finalida ishtirok etgan eng yosh futbolchi va Yevropa chempionatida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Eslatib o’tamiz, Yamal Yevro-2024da Ispaniya terma jamoasi safida 7 ta o’yin o’tkazib, bitta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ma’lumot uchun, forvard o’tgan mavsum “Barselona” safida barcha turnirlarda 50 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.