Madridning “Real” klubi “Barselona” shifokorining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
“Real Madrid”, uning prezidenti va direktorlar kengashi “Barselona” shifokori Karles Minarro Garsiyaning vafotidan chuqur afsusda ekanligini ma’lum qiladi.
“Real” marhumning oilasi, hamkasblari, “Barselona” va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiradi va qo’llab-quvvatlaydi”, – deyiladi klub xabarida.
Eslatib o’tamiz, Karles Minarro Garsiya “Osasuna”ga qarshi o’yindan bir necha soat oldin vafot etgandi. Kataloniyaliklar ushbu hodisadan so’ng maydonga tushishdan bosh tortdi va uchrashuvni boshqa kunga ko’chirishni so’radi.