Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Umar Nurmagomedovning Kori Sandhagen ustidan qozongan g’alabasidan so’ng o’z fikrlarini bildirdi.
“Eng yaxshi sarmoya – insonga qilingan sarmoya. Otam shu qoida bo’yicha yashagan, men ham shu qoida bo’yicha yashashda davom etaman. Umarning kechagi janggi intizom, fidoiylik va matonatning yaqqol namunasidir.
Lekin men ishonib aytamanki, kechagi g’alaba jamoamizning g’alabasi bo’ldi. Biz qanday bosqichlarni bosib o’tganimizni hamma ko’rdi. Umar butun jamoamiz bilan ham jismonan, ham ruhiy jihatdan o’sdi.
Umar, bosimga dosh berib, g’alaba qozonganingiz uchun rahmat. Bu butun jamoa uchun juda muhim edi”, – deydi Xabib Nurmagomedov.
Eslatib o’tamiz, 3-avgust kuni Abu-Dabida tashkil etilgan UFC on ABC 7 turnirida Umar Nurmagomedov Kori Sandhagenni hakamlarning yakdil qarori bilan mag’lub etgandi.
