Argentinalik sobiq hujumchi Serxio Aguero 2024-yilgi “Oltin to’p”ni qo’lga kiritishga loyiq bo’lgan futbolchi kimligini aytdi.
Agueroning fikricha, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri ushbu sovringa qolganlardan ko’ra munosibroq.
“Mukammal yil, siz bunga loyiqsiz. Olg’a, Rodri”, – dedi Serxio.
Eslatib o’tamiz, Serxio Aguero yuragi bilan bog’liq muammolar sabab 2021-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgandi.
Ma’lumot uchun, Rodri o’tgan mavsum Angliya chempioni bo’ldi, shuningdek, Yevro-2024’da ham bosh sovrinni qo’lga kiritdi.