“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoasining istiqbollari haqida gapirdi.
“Bizda ajoyib klub bor, lekin ajoyib jamoa emas. Biz buni bilamiz, shuning uchun biz bu haqda to’g’ridan-to’g’ri gaplashamiz. Futbolchilar yaxshilanishni xohlashadi.
“Arsenal”ga qarshi bahsda biz yaxshi holatda emas edik. Jamoa o’ziga ko’proq ishonishi kerak, chunki biz o’sha o’yinda ustunlik qilolmadik”, – deydi Amorim.
Eslatib o’tamiz, APL’ning 14-turidan o’rin olgan bahsda Ruben Amorim shogirdlari “Arsenal”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Hozirda MYU APL turnir jadvalida 19 ochko bilan 13-o’rinda bormoqda. Jamoa o’zining navbatdagi o’yinini 7-dekabr kuni “Nottingem Forest”ga qarshi o’tkazadi.