“Fulxem” “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Skot Maktominayga qiziqish bildirmoqda. “Qizil iblislar” ham bu transferga qarshi emas.
“Fulxem” allaqachon yarim himoyachi uchun taklif yuborgan. Ammo bu taklif rad etilishi kutilmoqda. Sababi, bu taklif “MYU”ni qoniqtirmasligi mumkin.
Ma’lumot uchun, Maktominay 2017-yildan buyon mankunianliklar safida harakat qilib kelmoqda. Uning “Transfermarkt”dagi narxi 32 million yevroga baholanmoqda.