Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari chempioni, dzyudochimiz Diyora Keldiyorova musobaqada kurashgan kimonosini Xalqaro Olimpiya qo’mitasining muzeyiga sovg’a qildi.
Keldiyorova yozgi Olimpiya o’yinlarida oltin medalga sazovor bo’lgan ilk o’zbek ayol sportchisiga aylandi. O’z navbatida, Diyora ham tarixiy chempionlikka erishganidan mamnunligi, kimonosi XOQ muzeyidan joy olayotgani u uchun sharaf ekanini qo’shimcha qildi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar ham Keldiyorovaga o’ziga xos sovg’a tayyorlashdi. Diyoraning dzyudo olamidagi kumiri, ikki karra Olimpiada chempioni, fransiyalik Klariss Agbenenu hamyurtimizni tarixiy g’alaba bilan qutlab, unga o’zining iliq tilaklarini yo’lladi.