Londonning “Arsenal” klubi “Bavariya”ning hujumkor yarim himoyachisi Leroy Saneni o’z tarkibiga qo’shib olishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Arsenal” 28 yoshli futbolchining transferini joriy transfer oynasida rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. Biroq futbolchi Myunxenni tark etish niyatida emas.
Ma’lumot uchun, Sane o’tgan mavsum “Bavariya” tarkibida barcha musobaqalarda 42 ta o’yinda ishtirok etib, 10 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.