Asli dog’istonlik bo’lgan 23 yoshli britaniyalik jangchi Muhammad Mokayev rasman UFC ro’yxatidan o’chirildi.
Avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt UFC 304 turniridan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida Mokayev bilan shartnomani uzaytirmasligini aytgandi.
Ma’lumot uchun, Mokayev UFCda yetti bor oktagonga ko’tarilgan va barcha janglarida g’alaba qozongan.