Rafinya “Barselona”ni tark etishi mumkin.
Mundo Deportivo xabariga ko’ra, Kataloniya klubi Saudiya Arabistonidan Rafinya uchun 65 million yevrolik taklif olgan. Biroq “Barselona”ni bu narx qoniqtirmagan.
Kataloniyaliklar futbolchi uchun 90 million yevrolik takliflarni ko’rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan. Ammo Rafinya jamoani tark etishni istamayapti.
“Barselona” esa Niko Uilyams va Dani Olmoni qo’lga kiritish uchun jamoa futbolchilarini sotishiga to’g’ri keladi. Avvalroq, “Al-Hilol” Viktor Rokeni o’z safiga qo’shib olishi mumkinligi xabar qilingandi.