ESPN nashri oxirgi 4 mavsumdagi eng samarasiz transferlar reytingini tuzib chiqdi.
Ushbu reyting oxirgi 4 mavsumda jamoalar sotib olgan o’yinchilarining keyingi yildagi transfer narxlari bilan taqqoslash orqali tuzib chiqildi.
Unga ko’ra, narxlari eng ko’p pasaygan top-5 transfer quyidagicha ko’rinish oldi:
1-Kazemiro – “Real Madrid”dan “Manchester Yunayted”ga 76,5 million yevro evaziga. Bir yildan keyingi narx 30 million yevro;
2-Mark Kukurelya – “Chelsi”dan “Brayton”ga 65,3 million yevro evaziga. Bir yildan keyingi narx 28 million yevro;
3-Robert Levandovski – “Bavariya”dan “Barselona”ga 95 million yevro evaziga. Bir yildan keyingi narx 45 million yevro;
4-Randal Kolo Muani – “Ayntraxt”dan PSJga 95 million yevro evaziga. Bir yildan keyingi narx 45 million yevro;
5-Uesli Fofana – “Lester”da “Chelsi”ga 80,4 million yevro evaziga. Bir yildan keyingi narx 40 million yevro.