“Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov uylanishga qaror qildi.
“Shaharliklar” uchun joriy mavsumdagi so’nggi o’yin 25-may kuni “Fulhem”ga qarshi bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuvdan so’ng jamoa klublar o’rtasidagi Jahon chempionatiga qadar tanaffusga chiqadi.
Aynan shu tanaffusdan foydalanib Husanov o’zining nikoh to’yini o’tkazishni reja qilgan. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko’ra, to’y marosimi joriy yilning 27-may sanasida bo’lib o’tadi.