Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi Viktor Rokeni o’z safiga qo’shib olmoqchi. “Barselona” ham bu transferga qarshi emas. Biroq hujumchining o’zi Kataloniyada qolib, muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlamoqchi.
Jurnalist Fernando Poloning so’zlariga ko’ra, Roke avvalgi mavsumda unga yetarlicha imkoniyat berilmadi deb hisoblamoqda. Braziliyalik futbolchi Xansi Flik jamoasidan munosib o’rin olish uchun AQShdagi yig’inga borishni rajalashtirgan.
Biroq, Rokeni ketishini xohlashsa, futbolchi faqat transfer yo’li bilan ketishini ma’lum qilgan. “Barselona” esa uning narxini 40 million yevro etib belgilagan.
Ma’lumot uchun, Roke “ko’k-anorranglilar” safida yarim mavsumda 16 ta o’yinda maydonga tushib, 2 bor raqiblar darvozasini ishg’ol qilgan.