Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti” vingeri Jeremi Dokuni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” belgiyalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Biroq kataloniyaliklar moliyaviy muammolar sabab “shaharliklar” bilan futbolchining maoshi borasida kelisha olmasligi mumkin.
Qayd etilishicha, vingerning o’zi joriy mavsum berilayotgan o’yin amaliyotidan norozi va ko’proq vaqt o’ynay oladigan klubga ko’chib o’tishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Doku joriy mavsum klub safida jami 22 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.