“Manchester Siti” “Leypsig” klubi yarim himoyachisi Dani Olmoni o’z safiga qo’shib olishi mumkin. Bu haqda “Foot Mercato” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “shaharliklar” Olmoni so’rab “Leypsig”ga taklif bilan murojaat qilishgan. Nemis klubi esa o’z futbolchisi uchun 60 million yevro talab qilmoqda.
Shuningdek, Kataloniyaning “Barselona” klubi ham Dani uchun kurash olib bormoqda. Ammo moliyaviy ahvolning yomonligi ushbu transferning amalga oshishiga to’sqinlik qilyapti.
Ma’lumot uchun, Olmo Ispaniya terma jamoasi bilan Yevro-2024da g’olib bo’ldi. Futbolchi o’tgan mavsum Bundesligada 4 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.