Meksikalik taniqli bokschi Saul Kanelo Alvares (61-2-2, 39 KO) 14-sentyabr kuni Edgar Berlangaga (22-0-0, 17 KO) qarshi ringga ko’tariladi.
Ushbu jang AQShning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile Arena”da super o’rta vazn toifasida WBC, WBA va WBO chempionlik kamarlari uchun bo’lib o’tadi.
Ma’lumot uchun, Alvares o’zining oxirgi janggini joriy yilning may oyida Xayme Mungiyaga qarshi o’tkazib, hakamlar qarori bilan g’alaba qozongandi. Berlanga esa so’nggi janggida Padrayg MakKrorini oltinchi raundda nokautga uchratgandi.