“Mirror Football” nashrining xabar berishicha, Saudiya Pro Ligasi vakili “Al-Ittihod” Kevin De Bruynega haftasiga bir million funtlik shartnoma taklif qildi. Biroq futbolchi “Manchester Siti”da qolishga qaror qilgan.
“Al-Ittihod” belgiyalik yarim himoyachi uchun “shaharliklar”ga 65-70 million yevro, futbolchining o’zi uchun esa yiliga 38 million funt maosh to’lashga tayyorligini ma’lum qilgan. Ammo De Bruyne bu taklif uni qoniqtirmasligini, “Man. Siti”da qolishini va klubda o’zini baxtli his qilayotganini aytgan.
Ma’lumot uchun, De Bruyne 2015-yilning yozida Bundesliga vakili “Volsburg”dan “Man. Siti” safiga kelib qo’shilgandi.