“Aston Villa” klubi Jon Dyuranni “Vest Xem”ga sotishdan bosh tortdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Londonliklar 20 yoshli kolumbiyalik forvard uchun 18 yoshli yarim himoyachi Lyuis Orford va 32 million funt sterling, shuningdek futbolchining kelajakdagi transferidan ma’lum bir ulush taklif qilgan.
Biroq Birmingem klubi Dyuran uchun 40 million funt olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Jon Dyuran o’tgan mavsum Premyer Ligada 23 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan.