O’zbekiston milliy terma jamoasi va Qozonning “Rubin” klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradi.
Yaxyoxo’ja Ulug’xo’jayevning xabariga ko’ra, Ashurmatov “Istiqlol” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Ushbu jamoa safida yana bir hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ham to’p suradi.
Ma’lumot uchun, Ashurmatov 2023-yilning yanvaridan buyon “Rubin” safida to’p surmoqda. Uning Transfermarkt’dagi narxi 600 ming yevroga baholanmoqda.