Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba yana jarohat oldi. Bu haqda “qaymoqranglilar” matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Tibbiy ko’rikdan so’ng David Alaba chap oyog’ining boldirini shikastlab olgani aniqlandi”, – deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumotlarga ko’ra, avstriyalik futbolchi ushbu jarohat sabab bir oyni o’tkazib yuborishi mumkin. Bundan ko’rinadiki, Alaba uchun Klublar o’rtasidagi Jahon chempionati o’z yakuniga yetdi.
Eslatib o’tamiz, Alaba 2023-yilning dekabr oyidan 2025-yilning yanvarigacha jarohati sabab maydonga tusha olmagandi. Umuman olganda, 33 yoshli futbolchi o’tgan mavsum barcha turnirlarda 14 ta o’yinda ishtirok etdi.