Braziliyalik hujumchi Neymar “Santos”dagi taqdimot marosimida yig’lab yubordi. Butun stadion uning nomini aytib, qo’shiq kuyladi.


Eslatib o’tamiz, tomonlar o’zaro 6 oyga mo’ljallangan shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Neymar 2009-yildan 2013-yilgacha “Santos” safida to’p surgan. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 225 ta o’yinda maydonga tushib, 136 ta gol urgan va 64 ta golli uzatmani amalga oshirgan.