Parij shahrida bo’lib o’tayotgan Olimpiada o’yinlarida kamondan o’q uzish sporti bo’yicha yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ziyodaxon Abdusattorova Olimpiya o’yinlaridagi debyutidan so’ng o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
Ma’lumot uchun, kamonchimiz 1-saralash bosqichida 649 ochko to’plab, o’zining eng yaxshi natijasini qayd etdi. Endi hamyurtimiz 31-iyul kuni 1/32 final bosqichidan medallar uchun kurashni boshlaydi. Unga mazkur davrada chexiyalik Marie Xorachkova raqiblik qiladi.