Namanganning “Navbahor” klubi O’zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Sardor Rashidov bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.
”Navbahor”ga xush kelibsiz, Sardor Rashidov! “Lochinlar” tarkibidagi faoliyatingizda omad yor bo’lib, jamoamizning g’alabalariga munosib hissangingizni qo’shishingizga tilakdoshmiz! – deyiladi klub rasmiy bayonotida.
Ma’lumot uchun, Rashidov faoliyati davomida “Bunyodkor”, “Al-Jaish”, “Al-Jazira” “Lokomotiv”, “Nasonal”, “Qatar SK”, “Paxtakor”, “Al-Quvayt” va “Umm-Salal” kabi jamoalarda to’p surgan.