Parij Olimpiadasining 13-kungi bellashuvlari davom ettirildi.
Erkin kurashchimiz G’ulomjon Abdullayev chorak finalda armanistonlik Arsen Xarutyunyanni mag’lub etdi. Endi hamyurtimiz kechki dasturda final yo’llanmasi uchun amerikalik Spenser Liga qarshi gilamga chiqadi.
Yana bir erkin kurashchimiz Javrail Shapiyev yarim final yo’llanmasi uchun gilamga chiqdi. Bolgariyalik Magomed Ramazonov bilan kurashgan vakilimiz mag’lubiyatga uchradi.
Endi raqib sportchi finalga yetib borgan taqdirda Shapiyev bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.