Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Smit-Rou faoliyatini “Fulxem”da davom ettiradi.
Sky Sports xabariga ko’ra, tomonlar 23 yoshli vingerning transferi bo’yicha prinspial kelishuvga erishgan. Transfer narxi bonuslar bilan birgalikda 34 million yevro.
Xabarlarga ko’ra, angliyalik futbolchi shu hafta “Fulxem”da tibbiy ko’rikdan o’tadi va Portugaliyadagi yig’in doirasida yangi jamoasi tarkibiga borib qo’shiladi.