Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining dzyudo bahslarida Diyora Keldiyorova (-52 kg) ikkinchi bosqichda Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, yaponiyalik Uta Abega qarshi tatamiga chiqdi. Ushbu vaznning ikki nomdor sportchilari oʻrtasida bahsda Keldiyorova gʻalaba qozondi va keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Keldiyorovaga keyingi bosqichda germaniyalik Masha Ballhaus raqiblik qiladi.