Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Ansu Fati mashg’ulotlar chog’ida o’ng oyog’idan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Fati konservativ davolanishdan o’tadi. Futbolchining jarohatdan tiklanish muddati hozircha ma’lum qilinmagan.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli vinger 2023/2024-yilgi mavsumni ijara asosida “Brayton”da o’tkazgan. Futbolchi Premyer Liganing 19 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 gol urishga muvaffaq bo’lgan.