Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kilian Mbappe UEFA Superkubogi bahsida maydonga tushishga tayyorligini bildirdi.
“Bizda tayyorgarlik ko’rish uchun yetarlicha vaqt bo’lmadi, lekin biz ajoyib formadamiz, shuningdek, Mbappe ham. U Madridga yaxshi holatda yetib keldi va tezda jamoaga moslashib oldi.
U hamma kabi o’ynashga tayyor. Kelganidan beri u chinakam ajoyib fazilatlarini namoyish etdi”, – deydi Karlo Anchelotti.
Eslatib o’tamiz, “Real” va “Atalanta” o’rtasidagi Superkubok uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi.