OFK o’z instagram sahifasi orqali Olimpiadada ishtirok etayotgan qit’a jamolariga musobaqalar startidan oldin omad tiladi.

Ma’lumot uchun, Olimpiya o’yinlarining futbol musobaqalarida Osiyo qit’asi sharafini Yaponiya, O’zbekiston va Iroq terma jamoalari himoya qiladi. Vakillarimiz bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da Ispaniyaga qarshi o’yin bilan Olimpiadadagi o’z ishtirokini boshlaydi.