Bundesliganing amaldagi chempioni “Bayer” Arda Gulerni o’z safiga qo’shib olishi mumkin. Ushbu transferga shaxsan Xabi Alonso qiziqish bildirmoqda.
Biroq hozircha “Bayer” va “Real Madrid” o’rtasida muzokaralar olib borilayotgani haqida hech qanday rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinmagan.
Futbolchining o’zi esa “Qirollik Klubi”da qolishni afzal ko’rishi va kelajakda klubning afsonalaridan biriga aylanishni maqsad qilganini aytgan.
Ma’lumot uchun, “Bayer” Ardani sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga olmoqchi. Hozirda 19 yoshli turkiyalik futbolchining transfer narxi 67 million yevroni tashkil qilmoqda.