Ispaniyalik darvozabon David de Xea kelgusi hafta kelajagi borasida bir qarorga keladi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda. Hozirda unga Saudiya Arabistoni, AQSh va Italiyadan bir nechta takliflar bor.
Manbaga ko’ra, De Xeaga Angliya klublaridan ham qiziqishlar bo’lmoqda, biroq kiper “Man. Yunayted”dagi 12 yillik faoliyatidan so’ng, klubga sodiqligi sabab APLga qaytish imkoniyatini rad etgan.
Ma’lumot uchun, de Xea o’tgan yozda “qizil iblislar” safini tark etganidan so’ng, erkin agent maqomida yuribdi.