Angliyaning “Liverpul” klubi vingeri Diogu Jota Ispaniya g’arbidagi Samora provinsiyasida avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, portugaliyalik futbolchi akasi Andre bilan mashinada ketayotib, qarama-qarshi yo’lakka chiqib ketgan va avariyaga uchragan. Natijada yong’in kelib chiqqan.
Qayd etilishicha, hodisaga Jota va uning akasi ketayotgan avtomobilning shinasi yorilgani sabab bo’lgan bo’lishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, Diogu Jota 2020-yildan buyon “Liverpul” safida o’ynab kelayotgandi. Shuningdek, futbolchi faoliyati davomida “Vulverxempton”, “Atletiko Madrid”, “Portu” va “Pachos de Ferreyra” kabi klublar sharafini ham himoya qilgan.