Madridning “Real” klubi erkin agent maqomida yurgan “Borussiya Dortmund” sobiq himoyachisi Mats Hummelsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar berdi.
Xabarlarga ko’ra, 35 yoshli himoyachi bilan “Bolonya” klubi muzokara olib borayotgan edi. Ammo “Real”ning Hummelsga qiziqishi fonida bu muzokara sekinlashib qolgan.
Ma’lumot uchun, Hummels o’tgan mavsum Bundesligada 25 ta o’yin o’tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo’lgan.