“Manchester Siti” Abduqodir Husanovni Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off o’yinlari uchun ro’yxatdan o’tkazdi.

“Shaharliklar” pley-off’ning dastlabki o’yinini 11-fevral kuni “Real Madrid”ga qarshi o’tkazadi. Javob uchrashuvi esa 19-fevral kuni bo’lib o’tadi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu bahslarda ishtirok etib, jamoasiga yordam berishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, Husanov 20-yanvar kuni rasman “Man. Siti” futbolchisiga aylangandi. Tomonlar 2029-yilning yoziga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolagan.