Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi Joau Feliksning transfer narxini ma’lum qildi.
“Marca” nashrining xabariga ko’ra, Madrid klubi futbolchini 60 million yevroga sotmoqchi. Hozirda portugaliyalik futbolchiga “Aston Villa” qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, inglizlar bu transferni Mussa Diabini “Al-Ittihod”ga sotish orqali amalga oshirmoqchi.