O’zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Shimoliy Koreyaga qarshi o’yin oldidan o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
“Avvalgi sikllarda yosh o‘yinchi sifatida ishtirok etgan edim. Bu siklda esa men tajribali o‘yinchilar o‘rnidaman.
Ko‘p mas’uliyat menga tushadi va shu sababli avvalgi futbolchilardan o‘rgangan tajribalarimdan foydalanmoqchiman.
Bizda xatolarni to‘g‘rilashga yetarlicha vaqt bo‘ldi. Hammamiz o‘yinga tayyormiz”, – deydi Shomurodov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan uchrashuv 5-sentyabr kuni 19:00 da start oladi.