Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski jamoasini erta tark etishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 35 yoshli futbolchining shartnomasida uning shartnomani bekor qilish imkonini beruvchi band bor. Agar Levandovski kelasi mavsumda “Barselona”ning 55 foiz o’yinlarida maydonga tushmasa, ushbu band kuchga kirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, forvardning “ko’k-anorranglilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchi o’tgan mavsum La Ligada 35 ta o’yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 8 assistni o’z nomiga yozdirib qo’ydi.