Madridning “Real” klubi Nacho jamoani tark etganidan so’ng uning o’rniga yangi markaziy himoyachi qidirmoqda.
Todofichajes nashrining xabariga ko’ra, “Everton” himoyachisi Jerred Brentveyt “Real” safiga qo’shilishi mumkin. Ushbu transferga shaxsan Karlo Anchelotti qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko’ra, madridliklar Brentveyt transferi uchun 70 million yevro taklif qilishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, ushbu futbolchiga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Brentveytning “Everton” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 42 million yevroga baholanmoqda.