Madridning «Real» klubi hujumchisi Rodrigo joriy mavsum oxirida jamoasini o’zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, «Inter» braziliyalik futbolchining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, hujumchiga «Arsenal», «Chelsi», «Tottenhem» qolaversa, Saudiyaning «Al Hilol» klubi ham daʼvogarlik qilmoqda.
Qayd etilishicha, Rodrigoning oʻzi «Real»da qolish niyatida, biroq u doimiy ravishda zaxirada qolishga rozi emas.
Maʼlumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 26 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.
