“Manchester Yunayted” Kristian Eriksonni sotishga qaror qildi.
Hozirda mankunianliklar 2025-yilning iyun oyida erkin agentga aylanadigan 32 yoshli yarim himoyachi uchun takliflarni kutishmoqda. Bir qator klublar allaqachon Eriksonni xarid qilish imkoniyatlarini o’rganib chiqmoqda.
O’z navbatida, mankunianliklar Eriksonning o’rnini bosish uchun variantlar qidira boshladi. Asosiy nomzodlar Manuel Ugarte (PSJ), Sander Berge (Byornli) va Sofyan Amrabat (Florentina) ekanligini aytilmoqda.